MAXFIYLIK SIYOSATI
Oxirgi yangilanish: 27 sen 2026
Ushbu siyosat 4Auto platformasidan (keyingi o‘rinlarda — «Platforma») foydalanganingizda qanday shaxsga doir ma’lumotlar yig‘ilishini, ular nima uchun kerakligini, kim ko‘ra olishini va ularni qanday o‘chirishingiz mumkinligini tushuntiradi.
Siyosat O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonuni (O‘RQ-547) talablari asosida tuzilgan. Platformadan foydalanish orqali siz shu hujjatda tavsiflangan qayta ishlashga rozilik bildirasiz.
1. Operator va bog‘lanish
Shaxsga doir ma’lumotlar operatori: Ismoilov Javohir Mashrab o‘g‘li.
Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Rayhon ko‘chasi, G-02.
Maxfiylik bo‘yicha murojaatlar uchun: info@4avto.uz · +998 71 200 99 19.
Operator ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi, hajmi va usulini belgilaydi va shu siyosatning bajarilishi uchun javob beradi.
2. Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz
Platforma faqat xizmat ishlashi uchun zarur ma’lumotlarni yig‘adi. Quyida har bir toifa va u qayerdan olinishi ko‘rsatilgan.
| Toifa | Aniq nima | Qayerdan |
|---|---|---|
| Hisob ma’lumotlari | Telefon raqami (kirish uchun asosiy identifikator), ism, elektron pochta (ixtiyoriy), profil rasmi, interfeys tili | Siz kiritasiz |
| Kirish ma’lumotlari | Parolning bir tomonlama shifrlangan (BCrypt) qiymati, SMS orqali yuborilgan bir martalik kod, seans belgilari | Siz kiritasiz / tizim yaratadi |
| Avtomobil ma’lumotlari | Rusum, model, yil, davlat raqami, probeg, keyingi texnik xizmat sanasi | Siz kiritasiz |
| Manzillar | Viloyat, tuman, ko‘cha; ixtiyoriy ravishda xaritada belgilagan koordinata | Siz kiritasiz |
| Buyurtmalar va yozilishlar | Buyurtma tarkibi, summa, yetkazish usuli va manzili, holat o‘zgarishlari, bekor qilish sababi; servisga yozilish sanasi, tanlangan xizmat | Foydalanish jarayonida |
| Foydalanuvchi kontenti | Forum mavzulari va izohlari, mahsulot va ustaxona sharhlari, savollar, chat xabarlari, «qism topilmadi» so‘rovlari va ularga biriktirilgan rasmlar | Siz kiritasiz |
| Moderatsiya | Sizning shikoyatlaringiz va bloklagan foydalanuvchilaringiz ro‘yxati | Siz kiritasiz |
| Qidiruv jurnali | Katalogda yozgan qidiruv so‘rovingiz va natijalar soni | Foydalanish jarayonida |
| Texnik ma’lumotlar | IP-manzil, brauzer va qurilma turi, xatolik hisobotlari, push-bildirishnoma belgisi | Avtomatik |
Platforma to‘lovlarni qabul qilmaydi: hisob raqami, karta raqami yoki boshqa moliyaviy rekvizitlar yig‘ilmaydi. Hisob-kitob xaridor va sotuvchi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi.
Mobil ilova joylashuv (GPS) ruxsatini so‘ramaydi. Saytda yaqin ustaxonalarni ko‘rsatish uchun brauzerning joylashuv so‘rovi ishlatiladi va bu faqat siz ruxsat berganingizda amal qiladi.
Mobil ilova galereyaga faqat siz rasm biriktirmoqchi bo‘lganingizda murojaat qiladi va faqat siz tanlagan fayllarni yuklaydi.
3. Nima uchun yig‘amiz (maqsadlar)
- Hisob yaratish va unga kirishni ta’minlash, shu jumladan SMS orqali bir martalik kod yuborish.
- Buyurtmani sotuvchiga, servisga yozilishni ustaxonaga yetkazish va tomonlar bog‘lanishini ta’minlash.
- Buyurtma va yozilish holati o‘zgarganda sizni xabardor qilish (ilovadagi bildirishnoma, push, Telegram).
- Avtomobilingizga mos ehtiyot qismlarni va yaqin ustaxonalarni ko‘rsatish.
- Texnik xizmat muddati yaqinlashganda eslatma yuborish.
- Platformani xavfsiz saqlash: firibgarlikning oldini olish, shikoyatlarni ko‘rib chiqish, qoidabuzarlikni to‘xtatish.
- Xatoliklarni aniqlash va xizmat sifatini yaxshilash, shu jumladan qidiruvda topilmayotgan qismlarni bilish.
4. Kim ko‘ra oladi
| Kim | Nimani ko‘radi | Nima uchun |
|---|---|---|
| Sotuvchi | Ismingiz, telefon raqamingiz, buyurtma tarkibi va yetkazish manzili | Buyurtmani tayyorlash va yetkazish |
| Ustaxona (servis markazi) | Ismingiz, telefoningiz, tanlangan xizmat, avtomobil va biriktirgan rasmlaringiz | Yozilishni qabul qilish va xizmat ko‘rsatish |
| Boshqa foydalanuvchilar | Forum mavzularingiz, izohlaringiz va sharhlaringiz ismingiz bilan — bular ochiq | Foydalanuvchi kontenti ochiq bo‘limlarda joylashadi |
| Platforma ma’muriyati | Texnik qo‘llab-quvvatlash va moderatsiya doirasidagi barcha ma’lumot | Nosozlikni tuzatish, shikoyatlarni ko‘rib chiqish |
Ma’lumotlaringizni reklama maqsadida hech kimga sotmaymiz va ijaraga bermaymiz.
Qonun talab qilgan hollarda (sud, tergov, vakolatli davlat organi qarori) ma’lumot qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin.
5. Uchinchi tomon xizmatlari
Platforma ishlashi uchun quyidagi xizmatlardan foydalanadi. Har biriga faqat ko‘rsatilgan ma’lumot yetadi.
| Xizmat | Unga nima yetadi | Nima uchun | Joylashuv |
|---|---|---|---|
| Eskiz.uz | Telefon raqami va SMS matni (bir martalik kod) | SMS orqali kirish va tasdiqlash | O‘zbekiston |
| OneSignal | Hisob raqami (son), qurilma belgisi, bildirishnoma matni | Android ilovaga push yuborish | AQSh |
| Google Firebase (FCM) | Qurilma belgisi, bildirishnoma yetkazish ma’lumoti | Push xabarlarni qurilmaga yetkazish | AQSh / global |
| Firebase Analytics | Ilovadagi anonim voqealar, qurilma turi va taxminiy hudud | Ilovadan foydalanish statistikasi | AQSh / global |
| Google Analytics (GA4, GTM) | IP-manzil, brauzer, ko‘rilgan sahifalar, cookie | Sayt statistikasi | AQSh / global |
| Telegram | Telegram hisobingiz raqami va yuborilgan xabar matni | Bot orqali xabarnoma va qidiruv — faqat siz botni ulasangiz | Global |
| Sentry | Xatolik matni va texnik holat (telefon raqami va e-pochta avtomatik o‘chiriladi) | Nosozliklarni aniqlash | AQSh / Yevropa |
| OpenStreetMap | Xarita ochilganda brauzeringizning IP-manzili | Xarita tasvirlarini yuklash | Global |
Yuqoridagi xizmatlarning bir qismi O‘zbekistondan tashqarida joylashgan. Bu shaxsga doir ma’lumotlarning transchegaraviy uzatilishi hisoblanadi va O‘RQ-547 qonunining tegishli talablariga bo‘ysunadi.
Sentry va Google Analytics majburiy emas: ular tegishli sozlama yoqilganidagina ishlaydi.
6. Qayerda saqlanadi va qancha vaqt
| Nima | Qancha saqlanadi |
|---|---|
| Hisob va unga bog‘liq ma’lumotlar | Hisob faol bo‘lgan davrda |
| Bir martalik SMS kodi | 5 daqiqa |
| Kirish seansi (refresh token) | 30 kun yoki siz chiqqaningizgacha |
| Qidiruv jurnali | 90 kun, so‘ng avtomatik o‘chiriladi |
| Zaxira nusxalar | 14 kun |
| Buyurtma va hisob-kitob yozuvlari | Hisob o‘chirilgandan keyin ham saqlanadi, lekin siz bilan bog‘lanmaydi |
Ma’lumotlar bazasi va yuklangan fayllar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi serverda joylashgan.
Parollar hech qachon ochiq ko‘rinishda saqlanmaydi — faqat bir tomonlama shifrlangan (BCrypt) qiymat saqlanadi.
Platformaga ulanish HTTPS orqali shifrlangan.
7. Sizning huquqlaringiz
O‘RQ-547 qonuniga muvofiq sizda quyidagi huquqlar bor va ularning aksariyati ilovaning o‘zidan amalga oshiriladi.
| Huquq | Qanday amalga oshiriladi |
|---|---|
| Ma’lumotlarni ko‘rish va tuzatish | Profil sahifasida ism va e-pochtani o‘zgartirasiz; telefon raqami SMS tasdig‘i orqali o‘zgaradi |
| Hisobni o‘chirish | Ilovada: Profil → «Akkauntni o‘chirish». Saytda: Profil sahifasidagi shu tugma. Murojaat yozish shart emas |
| Boshqa foydalanuvchini bloklash | Har qanday mavzu, izoh yoki sharhdagi menyudan |
| Kontentga shikoyat qilish | Shu menyudan; shikoyat moderatorlar navbatiga tushadi |
| Bildirishnomalardan voz kechish | Ilovada push sozlamasini o‘chirasiz; Telegram bo‘yicha botga /stop yozasiz |
| Ma’lumotlar nusxasini olish | info@4avto.uz manziliga murojaat qilasiz |
Hisobni o‘chirganingizda ismingiz, telefon raqamingiz, manzillaringiz va garajingiz butunlay o‘chiriladi va qayta tiklanmaydi. Yakunlangan buyurtmalar yozuvi hisob-kitob uchun saqlanadi, lekin sizga bog‘lanmaydi.
Tugallanmagan buyurtmangiz yoki oldindagi yozuvingiz bo‘lsa, ular yakunlanmaguncha hisob o‘chirilmaydi — bu boshqa tomon oldidagi majburiyat. Ilova nimani tugatish kerakligini aniq ko‘rsatadi.
8. Cookie va shunga o‘xshash texnologiyalar
- Saytda kirish belgisi (token), tanlangan til, tanlangan avtomobil va joylashuv brauzeringizning localStorage xotirasida saqlanadi. Bular serverga yuborilmaydi va ularsiz sayt ishlamaydi.
- Google Analytics statistika uchun cookie joylashtiradi. Brauzer sozlamalari orqali cookie’larni cheklashingiz mumkin; bu holda saytning asosiy funksiyalari ishlashda davom etadi.
9. Voyaga yetmaganlar
Platforma 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga mo‘ljallanmagan va ulardan ataylab ma’lumot yig‘maydi. Agar voyaga yetmagan shaxs ma’lumoti bizga kelib tushgani aniqlansa, u o‘chiriladi.
10. Siyosatga o‘zgartirish kiritish
Siyosat o‘zgarganda yangi tahrir shu sahifada e’lon qilinadi va «Oxirgi tahrir» sanasi yangilanadi. Muhim o‘zgarishlar haqida ilovada yoki SMS orqali alohida xabar beriladi.
11. Murojaat va shikoyat
Maxfiylik bo‘yicha har qanday savol yoki talab bilan info@4avto.uz manziliga murojaat qiling. Murojaatlar qonunchilikda belgilangan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Javobdan qoniqmasangiz, O‘zbekiston Respublikasi Personallashtirish davlat markaziga (shaxsga doir ma’lumotlar bazalari reyestri yuritiladigan organ) murojaat qilish huquqiga egasiz.