4
Auto
Orqaga

Yordam va savollar

Eng ko‘p beriladigan savollar. Javobni topa olmasangiz, pastdagi bo‘limga qarang.

Xarid qilish

Buyurtmani qanday beraman?

Bozordan kerakli qismni toping, savatga qo‘shing va "Buyurtma berish" tugmasini bosing.

Savatda turli sotuvchilarning mahsulotlari bo‘lsa, buyurtma har bir sotuvchi uchun alohida bo‘linadi — har biri o‘z yetkazib berish usuli va to‘lovi bilan.

Qanday to‘lash mumkin?

To‘lov naqd pulda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvchiga yoki xizmat ko‘rsatish markaziga amalga oshiriladi.

To‘lov va yetkazib berish shartlarini chat orqali kelishib olishingiz mumkin. Platforma to‘lovni qabul qilmaydi va onlayn to‘lov mavjud emas.

Buyurtmani bekor qilsam bo‘ladimi?

Ha — sotuvchi jo‘natmaguncha. "Buyurtmalarim" bo‘limida bekor qilish tugmasi ko‘rinadi.

Jo‘natilgandan keyin bekor qilish imkoni yo‘q; bunday holatda sotuvchi bilan chat orqali bog‘laning.

Qism mening mashinamga mos keladimi?

Garajingizga mashinangizni qo‘shsangiz, mahsulot sahifasida "Avtomobilingizga mos keladi" degan belgi chiqadi.

Agar sotuvchi moslik ma'lumotini kiritmagan bo‘lsa, belgi ko‘rinmaydi — bu mos kelmasligini bildirmaydi. Ishonch uchun sotuvchidan so‘rang.

Nega savatda sonni oshira olmayapman?

Omborda qolgan sondan ko‘p qo‘shib bo‘lmaydi. Chegaraga yetganda tugma o‘chadi va qancha qolganini ko‘rsatamiz.

Servisga yozilish

Ustaxonaga qanday yozilaman?

Xizmatlar bo‘limidan xizmat yoki markazni tanlang, so‘ng kun va bo‘sh vaqtni belgilang.

So‘rovingiz markazga boradi — u tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin. Holat o‘zgarganda sizga xabar keladi.

Bugunga yozilsam bo‘ladimi?

Ha. Faqat allaqachon boshlangan vaqtlar ko‘rsatilmaydi.

Kelolmasam nima qilaman?

Yozilishni oldindan bekor qiling — vaqt boshqa mijozga bo‘shaydi. "Yozilishlar" bo‘limida bekor qilish tugmasi bor.

Hisob

Qanday kiraman?

Telefon raqamingiz bilan: SMS kod orqali yoki parol bilan.

Parolni unutdim

Kirish sahifasida "Parolni unutdingizmi?" tugmasini bosing — sizni SMS kod bilan kirish bo‘limiga o‘tkazadi.

Kirgandan so‘ng profilingizda yangi parol o‘rnatishingiz mumkin.

Mashinamni qanday qo‘shaman?

Garaj bo‘limida "Avtomobil qo‘shish" tugmasini bosing.

Probeg va oxirgi texnik xizmat sanalarini kiritsangiz, moy yoki tormoz almashtirish vaqti kelganda eslatib turamiz.

Sotuvchi va servis markazlari uchun

Qanday sotuvchi bo‘laman?

Profilingizda sotuvchi yoki servis markazi rolini qo‘shing. Administrator tasdiqlagach ish boshlashingiz mumkin.

Nega mahsulotlarim bozorda ko‘rinmayapti?

Do‘koningiz hali tasdiqlanmagan bo‘lishi mumkin — bu holda panelingizda sariq ogohlantirish chiqadi.

Tasdiqlanishni kutayotganda ham mahsulot qo‘shishda davom etishingiz mumkin.

Javob topilmadimi?

Chat orqali yozing yoki shoshilinch holatlarda favqulodda raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling — ikkalasi ham profil bo‘limida.

Chatni ochish